Xitoyda jonidan toʻygan erkak oʻlimga hukm qilindi

10:39 27 Yanvar 2025 Dunyo
446 0

Xitoy sudi yapon maktab avtobusiga pichoq bilan hujum qilgan erkakni 10 daqiqada oʻlimga hukm qildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Oʻtgan yilning iyun oyida 52 yoshli Chjou Szyashen Shanxayda bolalarni olib ketayotgan avtobusga hujum qilib, ona va bolaga jarohat yetkazgan, uni toʻxtatishga uringan xitoylik avtobus kuzatuvchisini esa pichoqlab oʻldirgan edi.

Taʼkidlanishicha, erkak koʻp miqdorda qarzdorligi va boshqa yashashni istamagani uchun uch kishini pichoqlagan. 10 daqiqa davom etgan sud natijasiga koʻra, ayblanuvchi oʻlimga hukm qilindi.

Bu voqea oʻtgan yili Xitoyda yapon bolalariga qarshi sodir etilgan ikki pichoqli hujumdan biri boʻlib, mamlakatda yaponlarga qarshi kayfiyat kuchayishidan xavotir uygʻotdi. Tokio Pekindan Xitoydagi fuqarolarining xavfsizligini taʼminlashni soʻradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?