Xitoyda bosilgan “Psearcher” jurnalining maxsus soni Oʻzbekistonga bagʻishlandi
Xitoyda Oʻzbekistonning zamonaviy taraqqiyotiga bagʻishlangan “Psearcher” jurnalining maxsus soni nashr etildi.
Nashr sahifalarida ingliz va xitoy tillarida oʻquvchilarni Oʻzbekistonda siyosiy, iqtisodiy, sarmoyaviy, turizm va boshqa sohalarda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar va oʻzgarishlar jarayonlari bilan tanishtiradigan maqolalar oʻrin olgan.
Ular orasida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi, mamlakatimizning istiqbolli sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati hamda mamlakatimizda yuritilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini aks ettiruvchi maqolalarni taʼkidlash mumkin. Shuningdek, jurnal sahifalarida Parijdagi Luvr muzeyida ochilgan “Oʻzbekiston vohalarining moʻjizalari. Karvon yoʻllari chorrahasida” koʻrgazmasi, shuningdek, Xitoy delegatsiyasi ilk bor qatnashgan Namangandagi xalqaro gullar festivaliga bagʻishlangan maqolalar ham mavjud.
“Psearcher” jurnali Xitoy Xalq Respublikasining vazirlik va idoralari, Pekinda akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar, shuningdek, Xitoyning yirik kompaniyalari, tahliliy markazlari va ilmiy-tadqiqot institutlariga keng tarqatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring