Xitoy Tayvanga qurol yetkazib bergani uchun AQSHga qarshi sanksiyalar joriy qildi
Xitoy Tayvanga qurol yetkazib bergani uchun AQSHning 13 ta qurol ishlab chiqaruvchi mudofaa shirkati va olti nafar rahbariga qarshi sanksiyalar joriy qildi
“AQSH yaqinda Xitoyning Tayvan hududiga navbatdagi qurol sotishni maʼqulladi. Bu holat Xitoy va AQSHning uchta qoʻshma bayonoti qoidalarini ochiqdan-ochiq buzadi. Bunday harakatlar bilan AQSH Xitoyning ichki ishlariga aralashib, mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazmoqda”, — deyiladi TIV xabarida.
Qora roʻyxatga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki muzlatiladi. Ular bilan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlanadi. Qora roʻyxatdan joy olgan shirkat rahbarlarining Xitoyga kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu cheklovlar 2024-yil 5-dekabrdan kuchga kiradi, deyiladi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Vashington 1979-yilda Tayvan bilan diplomatik munosabatlarni uzib, Xitoy bilan aloqa oʻrnatgan. “Yagona Xitoy” siyosatini tan olgan holda, AQSH Tayvan maʼmuriyati bilan aloqalarni davom ettirmoqda va orolni qurol bilan taʼminlamoqda. Xitoyning hisob-kitoblariga koʻra, soʻnggi yillarda AQSH Tayvanga 70 milliard dollardan ortiq harbiy yordam koʻrsatgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring