Xitoy mudofaa vazirligi mamlakat armiyasi urushga tayyorgarlik koʻrayotganini maʼlum qildi

20:25 04 Noyabr 2022 Dunyo
1229 0

Arxiv surat

Xitoy Xalq Respublikasi urushga tayyorgarlikni davom ettirmoqda va Tayvan mustaqilligiga qarshi. Ushbu fikrlarni Xitoy mudofaa vazirligi rasmiy vakili Tan Kefey aytib oʻtdi.

“Tayvan Xitoy Tayvanidir va Tayvan masalasi Xitoy Xalq Respublikasining ichki ishi boʻlib, u hech qanday tashqi aralashuvga toqat qilmaydi”, deydi Xitoy harbiy vakili AQSHning yaqinda eʼlon qilgan hisobotini sharhlar ekan. 

Bundan tashqari, Tan Kefey Pekin hanuzgacha «Tayvan mustaqilligiga erishish uchun separatistik harakatlar va tashqi kuchlarning aralashuvi»ning har qanday shakliga qarshi ekanini taʼkidladi. 

Avvalroq Xitoyning AQSHdagi elchixonasi matbuot kotibi Szin Syuan Xitoy Tayvan bilan tezroq birlashishni istashini, biroq hozircha aniq muddat belgilanmaganini aytgandi. 

Oʻz navbatida, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi huzuridagi Tayvan ishlari boʻyicha idorasining rasmiy vakili Ma Syaoguanning taʼkidlashicha, agar vaziyat talab qilsa, Xitoy rasmiylari Tayvanga qarshi harbiy kuch qoʻllash imkoniyatini rad eta olmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?