Xanchjou-2022: Ogʻir atletika bahslarining sanasi oʻzgardi
Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari doirasidan oʻrin olgan ogʻir atletika bahslarining muddati oʻzgardi. Bu borada Osiyo ogʻir atletika federatsiyasi va musobaqa tashkiliy qoʻmitasi oʻzaro kelishuvga erishgan.
Bunga sabab sifatida joriy yil 2-17-sentyabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida oʻtadigan jahon chempionati va Osiyo oʻyinlari orasi juda ham yaqin boʻlib qolgani koʻrsatilmoqda.
Avvalgi taqvimga koʻra, Xanchjoudagi bahslar 27-sentyabr – 4-oktyabr kunlari oʻtkazilishi lozim edi. Yangi sanaga muvofiq, bahslar 30-sentyabr – 7-oktyabr kunlariga belgilangan.
Maʼlumot uchun, Xanchjou-2022 XIX Osiyo oʻyinlari joriy yilning 23-sentyabr - 8-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring