Xalqaro Nordik universitetida “Orientation week” oʻquv-tanishtiruv haftaligi boshlandi

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Nordik universitetida yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan 15–18-sentyabr kunlari 1-kurs talabalariga moʻljallangan “Orientation week” oʻquv-tanishtiruv haftaligi oʻtkaziladi.


Bugun, 15-sentyabr kuni ushbu haftalikning dastlabki kuni boshlandi. Harbiy shon-shuhrat — “Jasorat” istirohat bogʻida tantanali ochilish tadbiri oʻtkazilib, talabalar jonli musiqa sadolari ostida kutib olindi.


Mazkur tadbir avvalida Davlat madhiyasi yangrab, harbiy orkestrning yurt madhiga uygʻun ijrolari, faxriy qorovulning tantanali saf tortishi va universitet rektori Sherzod Mustafakulov hamda faxriy mehmonlarning samimiy tabrik soʻzlari bilan boshlandi.


Bayramona boshlangan dastur samimiy muloqotlar va universitet binosiga sayohat bilan davom etdi. Yangi talabalar auditoriyalarda oʻz guruhlarida jamlanib, ularga universitetning odob-axloq qoidalari, korporativ etika kodeksi hamda taʼlim jarayonidagi kredit-modul tizimi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.


“Orientation week” oʻquv-tanishtiruv haftaligi davomida oliygoh boʻylab sayohat, koʻrgazmalar, talabalar klublari yarmarkasi, maxsus fotozonalar tashkil qilingan. Barcha jarayonlarda talabalarning oliygohga amaliy moslashuviga eʼtibor qaratilgan.


Pizza party – talabalar oʻrtasida samimiylikni mustahkamlovchi oʻziga xos davra boʻlib, ijtimoiy-psixologik treninglar, tyutorlik mashgʻulotlari, HEMIS tizimidan foydalanish boʻyicha amaliy mashqlarda talaba-yoshlar katta qiziqish bilan ishtirok etdi.


Bundan tashqari, “Work and travel” dasturi, intellektual oʻyinlar, kitob mutolaasi boʻyicha interfaol suhbatlar oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring