Xalqaro II yoshlar ilmiy kongressida Oʻzbekiston ham faol ishtirok etmoqda
Joriy yilning 26-29-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahrida II yoshlar ilmiy Kongressi boʻlib oʻtmoqda.
Tadbirda ishtirok etish uchun 72 mamlakatdan 1000 dan ortiq yosh olimlar roʻyxatdan oʻtishgan.
Mamlakatimiz nomidan “Ziyo Forum” ilm-fan va taʼlim tarbiyani rivojlantirish Xalqaro fondi delegatsiyasi tadbirda qatnashib, yurtimizda yoshlar siyosati borasida jamgʻarma tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida maʼruza qildi.
— Bunday ilmiy tadbirlar yoshlarga oʻz loyihalari va koʻnikmalarini rivojlantirish, shuningdek, jahon universitet jamoalarining samarali hamkorligiga koʻmaklashish imkoniyatini ochib beradi, — deydi “Ziyo Forum” ilm-fan va taʼlim tarbiyani rivojlantirish Xalqaro fondi matbuot-kotibi, axborot xizmati rahbari Sirojiddin Bozorov. — Delegatsiyamiz bilan tadbirda faol ishtirok etyapmiz. Biz bilan bir qatorda Ozarboyjon, Turkiya, Indoneziya, Eron, Qozogʻiston, Tojikiston, Pokiston, Nigeriya, Kamerun, Marokash, Iordaniya, Misr, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Senegal kabi bir qator davlatlardan yosh olimlar va xalqaro jamgʻarmalardan delegatsiyalar ham tashrif buyurishgan. Mazkur tadbir yoshlarni yanada faol hamkorlikka chaqirishi bilan ham ahamiyatlidir.
Darhaqiqat, kongressning asosiy maqsadlaridan biri ilmiy va maʼrifiy hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarning oʻzaro taʼsirini kuchaytirish va inson kapitalini yanada rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, ushbu tadbir yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga, yoshlar muhitida yanada faol hamkorlikka jalb qilish, xalqaro ilmiy-texnikaviy va innovatsion rivojlanishga koʻmaklashish imkonini berishga shubha yoʻq.
Rahmatjon BOBOJONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring