“Xalq soʻzi” tanlovida ishtirok eting va tahririyatning qimmatbaho sovgʻasini qoʻlga kiriting!
“Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalari tahririyati 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni oldidan “Eng yaxshi maqolalar” tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovda 18 yoshdan oshgan barcha Oʻzbekiston fuqarolari mualliflik maqolalari bilan ishtirok etishi mumkin. Materiallarda qaysi sohada boʻlmasin, oila va jamiyat oldidagi yuksak masʼuliyati va burchini chuqur anglaydigan, oʻzining xayrli ishlari bilan Vatan ravnaqiga hissa qoʻshishga intiladigan, mamlakatimizda yosh avlodni — jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk, intellektual rivojlangan yigit-qizlarni tarbiyalashga munosib hissa qoʻshayotgan, bir soʻz bilan aytganda, har tomonlama bilimli va fidoyi xotin-qizlar faoliyati qiziqarli, taʼsirchan, samimiy va sodda tilda aks ettirilishi lozim. Maqola hajmi 3 varaqdan oshmasligi lozim (14 shriftda, sifatli suratlari bilan).
Ijodiy ishlar 2021-yilning 1-martga qadar qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar tajribali jurnalistlardan iborat mustaqil ekspertlar tomonidan koʻrib chiqilib, gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.
Beshta eng yaxshi deb topilgan maqolalar mualliflarining ijodiy ishlari “Xalq soʻzi” gazetasi va www.xs.uz saytida chop etiladi.
Gʻoliblar tahririyatning qimmatbaho sovgʻasi bilan taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar pasport maʼlumotlari hamda ijodiy ishlarni +998 90 323 24 84 telefon raqamiga Telegram orqali yuborishlari mumkin.
Elektron manzil: info@xs.uz
Eslatma: Tanlov shartlariga mos kelmagan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring