“Xalq soʻzi” gazetasining bugungi sonida nimalar berildi?

00:51 08 Oktyabr 2020 Jamiyat
1204 0

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-yubiley sessiyasidagi chiqishi, yuksak minbarda ona tilimizda yangragan nutqi barchamizning qalbimizni gʻururga toʻldirdi. Mazkur nutq dunyo hamjamiyatining ham qiziqishiga sabab boʻldi. Chunki unda Oʻzbekiston rahbari mintaqada va global miqyosda tinchlik hamda barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim oʻzgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish hamda kambagʻallikni qisqartirish masalalari kabi zamonaviy xataru tahdidlarga qarshi qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mahmudjon Boltaboyevning «Yangi Oʻzbekistonning yangi tashabbuslari dunyo taraqqiyotiga xizmat qiladi» sarlavhali maqolasida mazkur nutqning mamlakatimiz va dunyo miqyosidagi ahamiyati batafsil yoritilgan.

2. Prezidentimiz Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida mutlaqo yangi tizimni — “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etish zarurligini ilgari surgan edi. Shundan kelib chiqib, oilalar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, nuroniylarning ijtimoiy faolligini oshirish, mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishda fuqarolar yigʻinlarining rolini oshirish ustuvor yoʻnalish sifatida belgilab berildi.

Oʻtgan vaqt ichida mazkur yoʻnalishda qanday ishlar amalga oshirildi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida oʻtkazilgan navbatdagi “Hukumat soati”da deputatlar mazkur masalani muhokama qilishdi.

“Xalq soʻzi” muxbiri Rahim Sherqulovning “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili qanday natija berayotir?” sarlavhali maqolasida ana shular xususida soʻz yuritiladi.

3. Buxoro davlat tibbiyot instituti jahonning 150 dan ziyod universitet va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Yaqinda bu hamkorlik yangi bosqichga koʻtarildi. Gap shundaki, institut Oʻzbekistonning xorijiy davlatda oʻz filialini tashkil etgan birinchi oliy taʼlim muassasasiga aylandi. Oliy oʻquv yurti Hindistonning Nyu-Deli shahridan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan Noida xalqaro universiteti bazasida oʻz filialini tashkil etish yuzasidan memorandum imzoladi. Xoʻsh, hindistonlik talabalar oʻqishga qanday qabul qilinadi? Ular uchun oʻqish qayerda va qanday tashkil etiladi?

 “Xalq soʻzi” muxbiri Istam Ibrohimovning “Buxoro davlat tibbiyot instituti xorijiy davlatda oʻz filialini tashkil etgan Oʻzbekistonning birinchi oliy taʼlim muassasasiga aylandi” sarlavhali maqolasini oʻqib mazkur savollarga javob olishingiz mumkin.

4. Suv — hayot manbai, moʻl hosil garovi. Azaldan xalqimiz suvni tabiatning bebaho neʼmati deb bilgan va uni tejab oqilona foydalanishga eʼtibor bergan. Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan jadal islohotlarga mos ravishda suv resurslaridan foydalanish siyosati ham zamon talablariga mos oʻzgarmoqda.

Prezidentimiz raisligida shu yilning sentyabr oyida oʻtkazilgan suv xoʻjaligida tejamkor texnologiyalarni joriy etish va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishga bagʻishlangan yigʻilishda sohaga oid bir qator dolzarb vazifalar belgilab berilgan edi.

Xoʻsh, tomchilatib sugʻorish tizimining afzalliklari nimada? U hosildorlikni taʼminlash va suvni tejashda qanchalik foyda beradi?

Mazkur savollarga javob olishni istasangiz, Oliy Majlis Senati aʼzosi Shavkat Jalolovning “Tomchilatib sugʻorishning afzalligi nimada?” sarlavhali maqolasini oʻqing.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?