Kelgusi 3-4 yilda maktablardagi barcha sinf oʻqituvchilari yangi metodika asosida oʻqitiladi
Foto: president.uz
Prezident kelgusi ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Eng avvalo, maktab oʻqituvchilarini yangi metodika asosida qayta tayyorlash boʻyicha umummilliy loyiha boshlanadi.
Ushbu yangi tizim doirasida kelgusi 3-4 yilda maktablardagi barcha sinf oʻqituvchilari yangi metodika asosida oʻqitiladi. Buning uchun:
— 1-iyunga qadar har bir hududdagi Malaka oshirish markazlari negizida Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy taʼlim markazlari tashkil etiladi;
— ushbu markazlarga matematika, fizika, kimyo, biologiya, IT kabi aniq va tabiiy fanlar boʻyicha xorijdan eng malakali mutaxassislar jalb qilinadi;
— xorijiy mutaxassislar yordamida oliygoh, milliy taʼlim markazlari va mobil guruhlarning muallimlaridan iborat har bir viloyat kesimida “trenerlar guruhlari” shakllantiriladi;
— mazkur trenerlar esa joylarda maktab oʻqituvchilarining bevosita malakasini oshirib boradi. Ularning oylik ish haqiga 100 foizgacha ustamalar toʻlanadi.
Umuman, yuqoridagi yangi tizimlarni joriy qilish uchun 100 million dollar qoʻshimcha mablagʻ yoʻnaltiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring