Karate: bellashuvlar sportchilarimiz uchun omadli yakunlandi

22:49 25 Fevral 2023 Sport
742 0

Karatechilarimizdan yana ikki medal. BAAning Fujayra shahrida oʻtayotgan karate WKF boʻyicha yoshlar ligasining bugungi kuni ham oʻzbekistonlik sportchilar uchun omadli yakunlandi.

14-15 yosh toifasida kechgan bellashuvlarda Humoyun Halimov (-52 kg) kumush medalga sazovor boʻldi. Halimov finalda belgiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Shuningdek, ushbu yosh toifasida Muhammadrizo Abdulatipov (+70 kg) bronza medaliga ega chiqdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?