Kanada olov va tutun ichida. 571 ming gektardan ortiq maydon yonib ketgan
Foto: room.eu
Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi muzofoti olov va tutun ichida qolmoqda. Bu yerda boshlangan oʻrmon yongʻinlari sababli yuzlab odamlar oʻz uylarini tashlab ketishga majbur boʻlgan. Bu haqda “Guardian” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 300 dan ortiq oʻt oʻchirish ekipajlari yongʻinga qarshi kurashyapti. Shunga qaramasdan, nazorat hududi umumiy yongʻin maydonining yarmini ham qoplamaydi. Yongʻin xavfsizligi xizmatining xabar berishicha, issiq, quruq sharoit va shamol yongʻinni oʻchirish ishlarini qiyinlashtirmoqda. Uch haftadan beri davom etayotgan jazirama vaziyatni yanada yomonlashtirmoqda. Bu yerda kunlik yuqori harorat rekordlarini yangilayapti. Turli mintaqalardan kelgan 1000 ga yaqin oʻt oʻchiruvchilar yongʻinga qarshi kurash olib bormoqda.
Chaqmoq urishi oʻt oʻchiruvchilarning saʼy-harakatlarini yanada murakkablashtirgan. Masalan, oʻtgan haftaning oʻzida 1300 ga yaqin chaqmoq chaqishi joriy yongʻinlarning 90 foiziga sabab boʻlgan. Ushbu qiyinchiliklarga qaramay, oʻtgan yilga qaraganda oʻt oʻchirish ishlari samaraliroq kechayotganini aytilmoqda.
Britaniya Kolumbiyasi shimolida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida 571 ming gektardan ortiq maydon yonib ketdi va bu 10-yillikdagi oʻrtacha koʻrsatkichdan yuqori hisoblanadi. Favqulodda xizmatlar yongʻin hududlaridan hozircha 7500 kishini evakuatsiya qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring