Kan In Li va Salim Al-Davsari — yil futbolchilari
Kecha, 16-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida OFK tomonidan 2025-yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda turli nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlandi. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin:
- Salar Agapur (Eron) — yilning eng yaxshi futzalchisi
- Ri Song-Xo (Shimoliy Koreya) — yilning eng yaxshi murabbiyi
- Marziye Jafari (Eron) — yilning eng yaxshi ayol murabbiyi
- Li Kan In (“PSJ“, Janubiy Koreya) — yilning xorijdagi eng yaxshi osiyolik futbolchisi
- Chxve Il Son (Shimoliy Koreya) — yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi
- Aleks Badolato (“Nyukasl Jets“, Avstraliya) — yilning eng yaxshi yosh futbolchisi
- Xana Takaxasi (“Urava Red Ladis“, Yaponiya) — yilning eng yaxshi ayol futbolchisi
- Salim Al-Davsari (“Al Hilol“, Saudiya Arabistoni) — yilning eng yaxshi futbolchisi
Shuningdek, Bangladesh, Tailand, Saudiya Arabistoni, BAA va Malayziya futbol federatsiyalari turli nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot uchun, yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nominatsiyasi uchun oʻzbekistonlik futbolchi Sadriddin Hasanovning ham nomzodi ilgari surilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring