Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etiladi
Foto: Illustrativ
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori bilan rahbarlar va ularning oʻrinbosarlariga ogʻir ahvoldagi kambagʻal oilalar biriktirilishi belgilandi.
Xabar qilinishicha, qaror bilan Jamoat ishlari jamgʻarmasi, Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi negizida Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etiladi.
2025-yil uchun uy-joy va ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan subsidiyalar sonini 1,2 baravarga oshirish nazarda tutiladi.
Shuningdek, 2024–2025-yillarda tajriba tariqasida ogʻir ahvoldagi oilalarni kambagʻallikdan chiqarish maqsadida joylardagi tashkilotlarining 14 mingta rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarining har biriga har 6 oyda 5 tadan eng ogʻir ahvoldagi kambagʻal oilalar biriktiriladi.
Qayd etilishicha, 2025-yil 1-apreldan bir qator amaliyotlar joriy etiladi. Masalan, Samarqand va Toshkent shaharlarida eksperiment tariqasida autsorsing asosida Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan boquvchisini yoʻqotgan toʻliq boʻlmagan oilalar, mehnatga layoqatli aʼzosi boʻlmagan oilalar, ikki va undan ortiq nogiron aʼzolari mavjud oilalardagi oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati koʻrsatiladi.
Bundan tashqari, ijtimoiy yetimlikning oldini olish, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga individual yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda gʻamxoʻrlik koʻrsatish hamda tarbiyalash xizmatini koʻrsatish maqsadida mahallalarda oila shaklidagi kichik hajmli bolalar uylari tashkil etilishi ham koʻzda tutilgan.
Shuningdek, YATT sifatida roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxslarga alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning kunduzgi parvarish xizmatlarini hamda yuridik shaxslarga nogironligi boʻlgan bolalar, shu jumladan, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida koʻrsatishga ruxsat beriladi.
Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring