Yoʻlovchilar har kuni Samarqand — Istanbul yoʻnalishida parvoz qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi

12:58 01 Iyun 2023 Jamiyat
357 0

1-iyun kuni Oʻzbekistonning “Qanot Sharq” aviakompaniyasi Samarqand — Istanbul — Samarqand yoʻnalishi boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlarini yoʻlga qoʻydi. Reyslar Airbus A321 turidagi samolyotlarda haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shunday qilib, bu yoʻnalishdagi parvozlar har kuni amalga oshiriladi. Shuningdek, Samarqand xalqaro aeroportidan Istanbulga parvozlar Turkish Airlines tomonidan dushanba, chorshanba, payshanba, shanba kunlari Airbus A321 samolyotlarida va “Uzbekistan Airways” tomonidan haftasiga toʻrt marta — dushanba, chorshanba, juma va shanba kunlari Airbus A320/321 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?