Yodlangan osh tuzi koʻplab xavfli kasalliklardan himoya qiladi — Mutaxassis
Osh tuzi yodlangan boʻlishi shart! Bu talab dunyoning koʻplab mamlakatlarida amalda. Chunki insoniyatning shunday chora-tadbirlarga ehtiyoji katta. JSST maʼlumotlariga koʻra, Yer yuzi aholisining uchdan bir qismi tabiiy yod tanqis boʻlgan sharoitda yashaydi. Ularning 31 foizi maktab yoshidagi bolalar.
Dilorom Tursunova, tibbiyot fanlari doktori:
— Bu global muammoning samarali va arzon yechimi sifatida osh tuzini yodlash amaliyotidan keng foydalanilmoqda. Negaki, tanada ushbu moddaning kamayishi endemik buqoq, aqliy zaiflik, perinatal va chaqaloqlar oʻlimining koʻpayishiga sabab boʻladi.
Bundan tashqari, yod tanqisligi tugʻma kasalliklar darajasini oshiradi, homila va chaqaloqlarda miyaning qaytarilmas shikastlanishi, intellektual salohiyatning pasayishiga ham olib keladi.
Organizm uchun zarur miqdordagi yodni turli dengiz mahsulotlarini isteʼmol qilish yoʻli bilan olish ham mumkin. Biroq koʻplab mintaqalar, xususan, Markaziy Osiyoda ham bunday neʼmatlar serob emas.
Shu sababdan mamlakatimizda “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan. Unda davlat standarti talablariga koʻra, osh tuzi tarkibida yod miqdori tonnasiga 40 gramm miqdorda boʻlishi belgilangan.
Sifatli osh tuzining qadogʻida quyidagilar aks etgan boʻlishi kerak:
ishlab chiqargan tashkilot nomi;
tovar belgisi va mahsulot nomi;
uning navi va yanchilish darajasi;
ishlab chiqarilgan sanasi,
normativ hujjat nomi,
yaroqlilik muddati,
yodlash qoʻshimchasi nomi hamda boshqa bir qator maʼlumotlar.
Osh tuzlarining saqlanish harorati 28 darajadan oshmasligi lozim.
Qotib qolgan, nam tortgan, begona hidlarga ega, yaroqlilik muddati oʻtgan, qadoqlari buzilgan osh tuzlarining foydali xususiyatlari yoʻqolgan boʻladi. Bunday mahsulotlarni isteʼmol qilmaslik tavsiya qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, osh tuzi — inson tanasiga natriy yetkazib beruvchi yagona ozuqaviy modda. U organizmda qon aylanishi va qon bosimini boshqarish, asab tizimi hamda mushaklar orasidagi uzviy aloqani taʼminlaydi. Biroq JSST organizmdagi moddalar almashinuvini meʼyorlashtirish uchun kunlik yodlangan osh tuzi isteʼmolini bir choy qoshiq — 5 grammdan oshirmaslikni tavsiya qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring