Yilning toʻrt faslida ham mahsulot yetishtiriladi

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimiz mintaqadagi eng maqbul iqlim sharoitiga ega hudud hisoblanadi. Buni toʻrt faslning oʻz oʻrnida kelishidan ham bilsak boʻladi. Biroq Asaka tumanida qishda ham yoz haroratini his etishingiz mumkin. Qanday qilib, deysizmi?
— Tumanimizda issiqxonachilik rivojlangan, — deydi lider tadbirkor Dilmurod Mamataliyev. — Masalan, men rahbarlik qilayotgan fermer xoʻjaligidan yetti gektar yer maydoni yoshlar uchun ajratib berilgan. Ularning har biri 15 sotixdan iborat maydonda issiqxonalar tashkil etib, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulot yetishtirmoqda. Oʻtgan yili har bir yosh tadbirkor 150 million soʻmdan 250 million soʻmgacha daromad olgan. Bu yilgi hosilning choʻgʻi moʻl. Daromad ham shunga mos boʻladi.
Tumandagi tomorqalarning 90 foizi issiqxonachilikka ixtisoslashtirilgan. Shu bois yil davomida toʻrt martagacha hosil olinadi. Eʼtiborli jihati, mahsulot hali pishib ulgurmasidan qoʻshni davlatlardan xaridorlar naqd. Ular yilning istalgan davrida sifatli, xavfsiz oziq-ovqat mahsulotini xarid qilishi uchun yetarli sharoit mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring