Yil yakunigacha 2 million 416 ming aholi bandligini taʼminlash rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Tadbirkorlar bilan mahallabay ishlash boʻyicha “Gʻijduvon tajribasi” asosida tuman hokimlariga yil yakuniga qadar 1 mingta mahallada vertikal oʻsadigan sanoat binolarini tashkil qilish topshirildi.
Bunday binolarda xonadonlarda tashkil qilingan, lekin kengayish imkoni boʻlmagan ishlab chiqarishlar uchun sharoitlar yaratiladi.
Ushbu sanoat markazlarining ikkinchi va undan yuqori qavatlarida ishlayotgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi.
Tuman darajasida katta loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan “Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, savdo, xizmat va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida kamida 5-7 tadan “drayver” loyiha ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.
Ular tumanlardagi sanoat zonalari, boʻsh turgan davlat obyektlariga joylashtiriladi.
Eng yaxshi loyihalarga joriy yilda 500 milliard soʻm ajratilishi belgilandi. Bu orqali yana 150 ming ish oʻrni yaratish mumkin.
Umuman, aytilgan 4 ta tajribani qoʻllagan holda yil yakunigacha 2 million 416 ming aholi bandligini taʼminlash rejasini tasdiqlash topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring