Yig‘ilishda ayrim klaster va fermerlar o‘rtasida hisob-kitob intizomi buzilgani qayd etildi.
20 ta klasterda hisob-kitoblar joyida bo‘lsa, 122 ta klasterning Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi oldida qarzdorligi bor, 27 ta klaster esa fermerlarga 2022 yil paxta hosilidan tegishli mablag‘larni to‘lab bermagan. Shu kabi, fermerlarning ham klasterlar oldida qarzdorligi bor.
Yig‘ilishda shu munosabat bilan klasterlarni tashkil etish, ular bilan fermerlar o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.
Har bir viloyatda yangi klasterlarga moliyaviy ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish quvvatlari va texnika ta’minoti bo‘yicha talablar qo‘yiladi. Ular kamida ikki bosqichli qayta ishlashni yo‘lga qo‘ygan bo‘lishi shart bo‘ladi.
Fermerlar bir viloyat ichidagi xohlagan klasteri bilan fьyuchers shartnomasi tuzishi mumkin bo‘ladi. Ular fьyuchers shartnomasidan ortgan hosilni birja orqali sotishiga ham imkoniyat yaratiladi.
Shuningdek, kelgusi yil hosili uchun paxta yetishtirishga 60 foiz avans ko‘rinishidagi imtiyozli kreditlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermerlarga ajratiladi.
Mutasaddilarga klaster va fermerlarni moliyalashtirishni yangi tartibini yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring