Ijtimoiy tarmoqdagi jang oktagonga koʻchdi. UFC Makgregor va Porye oʻrtasidagi uchinchi jang haqida eʼlon qildi

16:44 15 Aprel 2021 Sport
1550 0

Foto: Reuters

UFC oʻzining "Twitter"dagi sahifasida irlandiyalik Konor Makgregor va AQSHlik Dastin Porye oʻrtasidagi  uchinchi jang haqida eʼlon qildi.

Jang 10-iyul kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida boʻlib oʻtadi. Bahs UFC 264 musobaqasi doirasida tashkil etiladi. 

UFC rahbari Dana Uayt aniqlik kiritishicha, ushbu musobaqaga tomoshabinlarning kirishiga ruxsat beriladi.

Qiziq jihati, 12-aprel kuni Makgregor Porye bilan jang qilishdan bosh tortganini eʼlon qildi. Gap shundaki, AQSHlik sportchi irlandiyalik jangchini «Porye» xayriya jamgʻarmasiga vaʼda qilingan xayriya mablagʻini oʻtkazmagani uchun tanbeh bergan. Shundan keyin sportchilar ijtimoiy tarmoqlarda bahslashib qolgan.

Joriy yilning yanvar oyida AQSHlik sportchi 2014-yilgi magʻlubiyat uchun irlandiyalik jangchini nokautga uchratib, qasos olgan edi. 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?