Ijodiy hamkorlik yangi sur'atlarda davom ettirilmoqda
Tahririyatimizda har yili ijodkorlar, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va sport vakillari oʻrtasida tanlov oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylangan. Unga koʻra, yil davomida gazetalarimiz sahifalarida chop etilgan eng sara maqolalar tanlab olinib, ularning mualliflari ragʻbatlantirib kelinadi. Bu o'zaro samarali ijodiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilyapti.
Ushbu ezgu odat yanada keng ko'lam kasb etib, yangi sur'atlarda davom ettirilmoqda. Xususan, 2020-yil davomida “Xalq soʻzi” va «Narodnoye slovo» gazetalari tahririyati tanlovi»ga taqdim etilib, gazetalarimiz sahifalarida eʼlon qilingan har bir material atroflicha koʻrib chiqildi.
Ularda, avvalo, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi hamda uni “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida hayotga izchil tatbiq qilinayotgan islohotlarning borishi haqidagi taassurotlar oʻz ifodasini topganiga ahamiyat qaratildi. Shuningdek, xalqimizning boy maʼnaviy merosi hamda qadriyatlari, hududlarimiz rang-barangligi, oʻzining halol mehnati bilan yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga hissa qoʻshayotgan turli kasb egalari, fidoyi zamondoshlarimiz siymosini aks ettirishdek ezgu maqsadlarga urgʻu berilgani inobatga olindi.
Taqdim qilingan materiallarni koʻrib chiqishda ularning hayotiyligi, badiiy mazmuni va originalligiga eʼtibor qaratildi. Binobarin, gʻoliblikka nomzodlar roʻyxatini shakllantirishda tahririyat ijodiy boʻlimlarining tavsiyalari inobatga olindi.
Oʻrganishlar yakuni boʻyicha tanlov ishtirokchilarini mukofotlash yuzasidan rahbariyatga taklif berish borasida quyidagicha xulosa qilindi:
1-oʻrin
Oʻktam UMURZOQOV, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti rektori, Respublika oliy taʼlim kengashi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
“Taʼlim tizimi islohotlari Oʻzbekistonda yangi uygʻonish davri poydevorini yaratadi” ("Xalq so'zi" gazetasi, 29-oktabr, 2020-yil №228 (7730) son)
Leyla SEITOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.
«Перемены в жизни, перемены в сердцах» ("Народное слово" газетаси, 16 сентябрь 2020 йил, № 196)
2-oʻrin
Abdurahim ERKAYEV, Oliy Majlis Senati aʼzosi.
“Uchinchi Renessans — Milliy gʻoya sifatida” ("Xalq so'zi" gazetasi, 8-sentabr, 2020-yil, № 180(7692) son)
Mashxura MAVLONIY, akademik.
«Три сценария сокращения бедности» ("Народное слово" газетаси, 3 октябрь 2020 йил, № 208)
3-oʻrin
Nuritdin YOʻLDOSHEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Menejment kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
“Maʼnaviyat iqtisodiyotdan 10 qadam oldinda yurishi kerak” ("Xalq so'zi" gazetasi, 18-sentabr, 2020-yil. № 198 (7700) son)
Tursun SHODIYEV, Toshkent xalqaro Vestminster universiteti huzuridagi YUNESKOning Bilimlar iqtisodiyoti kafedrasi mudiri, professor.
«Кто автор «вакцины честности» в Сингапуре? А в Узбекистане?» ("Народное слово" газетаси, 4 февраль 2020 года, № 25).
Shu munosabat bilan tahririyatda tashkil etilgan tadbirda yuqorida nomlari keltirilgan mualliflarga maxsus diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring