IT kasblarni egallash yoshlar oʻrtasida trendga aylandi — Shavkat Mirziyoyev

14:52 29 Iyul 2022 Siyosat
748 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

«Bugun yangi IT akademiyasiga biz uchun ahamiyati nihoyatda yuqori boʻlgan IT sohasidagi yetuk mutaxassislar va yoshlarimiz bilan uchrashuv oʻtkazish uchun keldim.

Biz bugun birgalikda yechimlarini topadigan masalalar butun Oʻzbekiston yoshlarining IT sohasidagi intilishlariga katta turtki va motivatsiya berishiga ishonaman», dedi davlatimiz rahbari.

Dunyoda IT xizmatlari shiddat bilan rivojlanmoqda. Jahonda bu sohaning oʻsish surʼatlari yiliga 10 foizni tashkil etib, joriy yilda 4,3 trillion dollarga yetadi.

«Biz ushbu bozorda mustahkam oʻrin egallash borasida katta islohotlarni boshladik. Sohaga soʻnggi besh yilda 2 milliard dollar, shundan 700 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar yoʻnaltirildi.

Bundan uch yil oldin IT parklar tashkil qilib, ularga alohida soliq rejimini joriy etdik», dedi Prezident.

Prezident mavzuni davom ettirdi:

«Buning hisobiga bugungi kunda IT-parklarda 14 ming nafar yoshlar yuqori daromadli ish joylari bilan taʼminlandi.

Shu bilan birga, oʻzini oʻzi band qilgan IT mutaxassislari soni yil boshidan 2,5 barobarga oʻsib, 43 mingga yetdi.

Joriy yilning oʻzida mamlakatimizda 134 ta yangi, jumladan 50 ta xorijiy IT kompaniyalari tashkil etildi, eksportchi korxonalar soni esa 2 baravarga oshdi.

Soʻnggi uch yilda mobil internet narxi 9 baravarga arzonlashdi va xalqaro reytingda 15-oʻringa koʻtarildik (68-oʻrindan).

IT xizmatlari hajmi va eksporti bir necha barobarga oʻsdi.

Eng asosiysi, IT kasblarni egallash yoshlar oʻrtasida trendga aylandi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?