Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Telegram monetizatsiyasini ishga tushirish qonuniyligini oʻrganmoqda
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Vyacheslav Pakning maʼlum qilishicha, Oʻzbekistonda Telegram monetizatsiyasi yoʻlga qoʻyilishining qonuniyligi oʻrganilmoqda.
Uning soʻzlariga koʻra, agar qonunbuzilish holati kuzatilsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beriladi. Bunda qandaydir provayder boʻlsa yoki kimdir ularga bu borada yordam bersa, qonun boʻyicha javobgarlikka tortiladi.
Shuningdek, agentlik rahbari oʻrinbosari Oʻzbekistonda Telegram ofisining ochilishi regulyatorga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va qonun buzilish holatlarida jazolash imkonini berishini taʼkidladi.
“Telegram Oʻzbekiston qonunchiligiga, jumladan, qonunlarimiz va cheklovlarimizga rioya qilishi, soliq toʻlashi va mamlakatda serverlarga ega boʻlishi kerak. Bu fuqarolarimizni himoya qiladi va Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun ishlaydi”, — dedi u.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Telegram kanal egalari uchun monetizatsiyani ishga tushirgani xabar berilgandi. Endi 1000dan ortiq obunachiga ega ommaviy kanallar egalari oʻz kanallarida namoyish etilgan reklamalardan tushgan daromadning 50 foizini olishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring