Istanbul — hayratlarga ko‘milgan qadimiy shahar
Istanbul — nainki turk dunyosiga dong‘i ketgan, balki jahonga mashhur bo‘lgan qadimiy majmualar joylashgan, millionlab sayyohlarni o‘ziga jalb qilgan shahardir. Bu shahar garchi hozir davlatning markaziy poytaxti (Turkiya poytaxti Аnqara) hisoblanmasa-da, qadimdan to bugungi kungacha turkiyaliklarning asosiy sanoat, savdo va madaniy markazi hisoblanadi.
Geografik joylashuviga, iqlim sharoitiga ko‘ra, bu xudud xususiyatida dunyoning hech bir mintaqasida uchramaydigan go‘zal tabiati bor. Negaki, Osiyo va Yevropani qitʼasini birlashtirgan Bosfor bo‘g‘ozi aynan shu qadimiy shaharda joylashgan.


Taqsim maydoni
Dunyo mamlakatlarining asosiy maydonlari singari Turkiyaning ham xalq birlashadigan, birligini shu maydonda ko‘radigan bir majmuasi bor. Bu Taqsim maydonidir. Istanbulning markaziy qismida joylashgan maydon doimo mahalliy aholi va sayyohlar bilan gavjum.
Taqsim maydonining eng mashhur, tomoshabop monumenti 1928 yilda Petro Kanonik tomonidan ishlangan «Respublika» haykalidir. Mustafo Kamol Otaturk sharafiga o‘rnatilgan ushbu sanʼat namunasida xalq yetakchisining qahramonlik timsoli tasvirlangan. Uning xalqni, mamlakatni qanday yog‘iylardan qutqargani, Vatanni qanday asrab qolgani aks etgan.



Istiqlol ko‘chasi
АQShning Nyu-Yorkidagi Tayms-skver maydoni qanchalik mashhur bo‘lsa Turkiyaning Istanbulidagi Istiqlol ko‘chasi ham mashhurlikda undan kam emas. Bu Istiqlol sayrgohini aylanib sayr qilganlar turk xalqining bor bo‘y bastini shu ko‘chalardan topadi.



Galata minorasi — Istanbul ramzi
Istanbulning ramzlaridan biri bo‘lgan Galata minorasi qadimda qalʼalarni asrashda muhim axborotlarni oluvchi, hududni kuzatuvchi, dengizchi va savdo ahli uchun o‘ziga xos belgi beruvchi bo‘lib xizmat qilgan.
Hozir esa bu minora shaharning o‘tmishini bugungi avlod yodiga soluvchi, minoraga chiqib balanddan qarasangiz qadim va bugungi Istanbul go‘zalligini sizga taqdim etuvchi benazir majmua ham hisoblanadi. Bu yerdan turib siz Istanbulning haqiqiy manzarasini, turk olamining kinolariga, seriallariga sig‘magan go‘zalligini o‘z nigohingiz bilan ko‘rishingiz mumkin.


Marmar dengizi sohillari
Istanbulning odamlarni o‘ziga mahliyo qiladigan ohangrobasi bu tabiat inom etgan dengizidir. Marmar dengizi sohillarini aylanib sayr qilgan har bir sayyoh qalbiga bir umr unutilmas xotiralar muhrlanadi.



O‘zbekistonlik jurnalistlarning Turkiya bo‘ylab sayohati davom etmoqda.
Najmiddin Аbdulazizov,
jurnalist
Fotolar muallifi Hasan Paydoev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring