“Istanbul Bashakshehir” safarda gʻalaba qozondi
Kecha, 14-dekabr kuni Turkiya Superligasining 16-tur doirasidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan oʻyinda “Istanbul Bashakshehir” klubi safarda “Samsunspor” mehmoni boʻldi.
Uchrashuvning birinchi boʻlimida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abbosbek Fayzullayevda gol kiritish uchun yaxshi imkoniyat boʻldi. Ammo futbolchi vaziyatdan foydalana olmadi. Dastlabki boʻlim 0:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 66-daqiqasida Eldor Shomurodov oʻyinda hisobni ochdi. Taʼkidlash kerakki, bu Eldorning Turkiya chempionatidagi 11-goli hisoblanadi.
83-daqiqada “Bashakshehir” tezkor qarshi hujumga oʻtdi. Eldor Shomurodov maʼlum masofani bosib oʻtganidan soʻng, Bertugʻ Yildirimga toʻpni uzatdi. Turkiyalik futbolchi esa vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi.
Shu tariqa oʻyin 2:0 hisobida Istanbul klubining gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda 1 ta gol kiritgan va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan Eldor Shomurodov esa “Sofascore” portali tomonidan oʻyin qahramoni deb topildi. Futbolchining harakatlarini portal 8,1 ballga baholadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring