Isroil Madrimov rasman “Usik—Fyuri 2” boks kechasida jang qiladi. Uning raqibi Ukrainadan
21-dekabr kuni Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodda “Tayson Fyuri – Aleksandr Usik 2” boks oqshomi doirasida boʻlib oʻtadigan barcha janglar maʼlum boʻldi. Gap shundaki, ushbu jang kechasining ikkinchi asosiy jangi aynan hamyurtimiz ishtirokida boʻlib oʻtadi. Bu haqda “Matchroomboxing” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu boks kechasidan 6 ta asosiy jang oʻrin olgan boʻlib, hamyurtimiz ancha kuchli raqibga qarshi ringga koʻtariladi.
Ushbu kechada quyidagi janglar boʻlib oʻtadi:
6) Isaak Lou (25-2-3, 8 KO) — Li Makgregor (14-1-1, 11 KO)
5) Dennis Makkenn (16-0-1, 8 KO) — Piter Makgreyl (10-1, 6 KO)
4) Jonni Fisher (12-0, 11 KO) — Devid Allen (23-6-2, 18 KO)
3) Moses Itauma (10-0, 8 KO) — Demsi Makkin (22-1, 14 KO)
2) Sergey Bogachuk (24-2, 23 KO) — Isroil Madrimov (10-1-1, 7 KO)
1) Tayson Fyuri (34-1-1, 24 KO) — Oleksandr Usik (22-0, 14 KO).

Hamyurtimiz oʻzining soʻnggi jangini Terens Kroufordga qarshi 4-avgust kuni Los-Anjelesda oʻtkazgan va raqibiga 115-113, 115-113, 116-112 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Shuningdek, ukrainalik 29 yoshli Sergey Bogachuk (24-2-0) esa oʻzining oxirgi jangini Verjil Ortisga qarshi oʻtkazib, imkoniyatni boy bergandi.
Avvalroq, ilk bor respublikamizning 3 ta oliy taʼlim muassasasi “THE”ning roʻyxatidan joy olgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring