Isroil ikkinchi front ochmoqchi. Yahudiy davlatining Livanga qarshi urush rejasi tayyor

17:23 19 Iyun 2024 Dunyo
324 0

Foto: AFP

Isroil harbiylarining shimoliy qoʻmondonligi Livanga qarshi urush rejasini tasdiqlaganini maʼlum qildi. Rasmiylar Livandagi umumiy urushga tayyorligini qoʻshimcha qilgan.

«Hizbulloh» guruhi Isroilning Hayfa portining 9 daqiqalik tasvirlarini taqdim qildi. Unda qurol ishlab chiqarish majmuasi, raketaga qarshi mudofaa batareyalaridan tashqari fuqarolik va harbiy hududlar, jumladan, savdo markazlari va turar-joy binolarini koʻrish mumkin.

Xitoy va Hindiston kompaniyalari tomonidan boshqariladigan port tasvirlaridan keyin Isroil tashqi ishlar vaziri «Hizbulloh» rahbari Hasan Nasrullohni maqtanchoqlikda aybladi.

«Biz «Hizbulloh» va Livanga qarshi qoidalarni oʻzgartirishga qaror qilish paytiga juda yaqinmiz. Umumjahon urushda «Hizbulloh» yoʻq qilinadi va Livanga qattiq zarba beriladi», — deb yozgan u.

Shuningdek, Livanga hujum qilish borasida tezkor rejalar tasdiqlanib, dala qoʻshinlarining tayyorgarligini oshirishni davom ettirish boʻyicha qarorlar qabul qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?