Isroil hujumlari oqibatida Gʻazoda halok boʻlganlar soni 42 mingdan oshdi

14:39 09 Oktyabr 2024 Dunyo
194 0

Foto: AP

2023-yilning 7-oktyabridan beri Isroilning Gʻazo sektoriga uyushtirgan zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 42 mingdan oshgan, Bu haqda anklav sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.

Vazirlik bayonotiga koʻra, soʻnggi 24 soat ichida Gʻazo sektoridagi shifoxonalarda 45 kishi hayotdan koʻz yumgan va yana 130 nafar yaralangan inson olib kelingan.

“Oʻtgan yilning 7-oktyabridan buyon halok boʻlganlar soni 42 010 nafarga yetdi, 97 720 nafari jarohat olgan”, — deyiladi bayonotda.

2023-yilning 7-oktyabr kuni Isroil Gʻazo sektoridan misli koʻrilmagan raketa hujumiga uchradi. Shundan soʻng Falastinning HAMAS harakati jangarilari Isroil hududlariga kirib, harbiylar va tinch aholiga qarata oʻt ochgan va 200 dan ortiq odamni garovga olgan. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ushbu hujumlar oqibatida 1,2 ming nafarga yaqin odam halok boʻlgan.

Keyin Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorida tinch aholi manzillariga hujumlarni oʻz ichiga olgan “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Yahudiylar davlati anklavni toʻliq blokadaga olganini eʼlon qildi: suv, elektr energiyasi, yoqilgʻi, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berish toʻxtatildi. Gʻazo sektori amalda janubiy va shimoliy qismlarga boʻlinib qoldi. Ayni paytda Isroil HAMASning soʻnggi tayanchi hisoblangan Rafahda quruqlikdan operatsiya oʻtkazmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?