Isroil HAMASni toʻliq tor-mor etish rejasini maʼqulladi
Foto: Reuters
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Gʻazo shahri ustidan nazorat oʻrnatish va falastinlik HAMAS harakatini toʻliq tor-mor etish boʻyicha Armiya rejalarini maʼqulladi. Bu haqda TASS agentligi bosh vazir ofisi maslahatchisi Dmitriy Gendelmanga tayanib xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, kecha Netanyahu shaxsan Gʻazo sektoriga borib, mazkur rejani tasdiqlagan. Uning soʻzlariga koʻra, Isroil hukumati barcha garovdagilarni ozod qilish va urushni yahudiy davlati uchun qabul qilinadigan shartlarda toʻxtatish boʻyicha muzokaralarni darhol boshlashga koʻrsatma bergan.
Gendelmanning taʼkidlashicha, Isroil delegatsiyasini Qatar yoki Misrga muzokaralarni qayta boshlash uchun yuborish masalasi bosh vazir va hukumat koʻrib chiqishida qolmoqda.
TASS manbalariga koʻra, HAMASni yoʻq qilish rejasi kuchli artilleriya otashi, aholini evakuatsiya qilish va yer ustidagi manyovr orqali amalga oshirilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring