Isroil Eron kampaniyasidan soʻng Pokistonga hujum qiladi
Illyustrativ foto
Eron bilan mojaro tugagach, Isroil Pokistonga oʻtishi mumkin va bu mamlakatning yadroviy inshootlariga zarbalar beradi. Bu haqda isroillik siyosatshunos Meir Masri maʼlum qildi.
“Eron kampaniyasidan soʻng biz Pokiston yadro dasturini yoʻq qilishga urinib koʻrishimiz mumkin”, — deb yozdi ekspert.
Bundan oldin amerikalik demokrat siyosatchi Mark Uorner AQSH Milliy razvedkasi Eron yadroviy qurol yaratish ustida ishlayotganiga oid hech qanday dalil topmaganini aytgan edi. Uning taʼkidlashicha, mart oyida AQSH Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard Eron bomba yaratish boʻyicha hech qanday qadam tashlamaganini bildirgandi. Uornerning soʻzlariga koʻra, razvedka maʼlumotlari oʻshandan beri oʻzgarmagan.
Siyosatchi, shuningdek, AQSH prezidenti Donald Trampni Eron barcha razvedka maʼlumotlariga eʼtibor bermay, yadroviy qurol ishlab chiqayotganini taʼkidlab turib olganida aybladi.
Bir kun avval Tramp Tehronni taslim boʻlishga chaqirgan edi. Oq uy rahbari, agar bu amalga oshmasa, AQSH Erondagi “barcha yadroviy narsalarni portlatib yuborishi” haqida ogohlantirdi. AQSH yetakchisi Eronning “yomon niyatlari” borligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, Eron rasmiylari 40-yil davomida AQSH, Isroil va oʻzlariga yoqmaydigan har qanday odamni yoʻq qilishga vaʼda bergan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring