Ispanlar Shaxriyor Mahkamovni Olimpiadadagi ishtirokini yakunlashiga sabab boʻldi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Baydarkada eshkak eshish boʻyicha yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Shaxriyor Mahkamov joriy Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.
1000 metr masofaga baydarkada suzish boʻyicha ishtirok etgan hamyurtimiz chorak final bosqichida 3-boʻlib marraga yetib keldi va u ham Yekaterina Shubina kabi oʻz ishtirokini yakunladi.
Qayd etish kerakki, u 3:35.43 natija bilan marraga yetib keldi. Yarim finalga chiqish uchun 1 yoki 2-oʻrinni olishi lozim edi. Ispaniyalik ikki sportchi Shaxriyorni ortda qoldirib, yarim finalga yoʻl oldi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Mahkamov Shaxriyor Yodgor oʻgʻli 1997-yil 17-fevralda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida tavallud topgan. Shaxriyorning hisobida Osiyo chempionatlarining 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali mavjud. 2018-yil Indoneziyada oʻtgan Osiyo oʻyinlarida bronza, Xanchjou-2022 da esa kumush medal bilan taqdirlangan.
Avvalroq, Yekaterina Shubina marraga oltinchi boʻlib kelgan va ishtirokini yakunlagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring