Navoiyda ikki nafar, Qashqadaryoda bir nafar 5-sinf oʻquvchisi B2 sertifikatini qoʻlga kiritdi
Xabaringiz bor, mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda chet tilidan B2 sertifikati bor boʻlgan abituriyentlarga imtihondan oldin maksimal ball beriladi.
Qolaversa, 2026-2027 oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til oʻqituvchilari uchun ham kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro til sertifikatini olish majburiy boʻladi. Buni qarangki, shu kabi yuqori natijani yurtimiz maktablaridagi 5-sinf oʻquvchilari ham birinchi urinishdayoq qayd etmoqda.
Xususan, Navoiy shahridagi 22-umumtaʼlim maktabining 5-sinf oʻquvchisi Islombek Mansurov ingliz tili boʻyicha Milliy sertifikat imtihonini ilk urinishda muvaffaqiyatli topshirib, B2 darajasini oldi. Bu yosh jihatdan Navoiy viloyatida eng yaxshi natijalardan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, “Thompson International School” nodavlat maktabining 5-sinf oʻquvchisi, navoiylik Ergasheva Yasmina ham yosh boʻlishiga qaramay, bunday yuqori natijaga erishgan navbatdagi jajji bilimdonlardan biri boʻldi.

Quvonarlisi shundaki, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabning 5-sinf oʻquvchisi Munavvar Nuraliyeva ham tengdoshlaridan ortda qolmadi. U ham oʻzining birinchi urinishidayoq ingliz tili boʻyicha B2 sertifikatini qoʻlga kiritdi.

Yuqoridagi natijalar yoshlarimizda chet tillariga boʻlgan qiziqish kundan-kunga ortib borayotgani, ularga kerakli imkoniyatlar yaratib berilib, toʻgʻri yoʻnaltirilsa, mehnat va shijoat bilan har qanday choʻqqini zabt etish mumkinligini isbotlamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring