Venesuela muxolifati yetakchisi Trampga oʻz Nobel medalini sovgʻa qildi
Venesuela muxolifati vakili Mariya Korina Machado AQSH prezidenti Donald Tramp bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida unga oʻzining Nobel medalini sovgʻa qilganini maʼlum qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
“Men AQSH prezidentiga — Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti medalini sovgʻa qildim. Biz ushbu qiyin pallada venesueliklarning kutilmalari va orzulari haqida xotirjam tarzda fikr almashishga muvaffaq boʻldik”, — dedi u Oq uyda Tramp bilan uchrashuvdan soʻng.
AQSH rahbari Machadoning unga Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotini sovgʻa qilishiga katta hurmat ramzi sifatida baho berdi.
Truth Social ijtimoiy tarmogʻida u Machado bilan uchrashish oʻzi uchun katta sharaf boʻlganini yozdi. Tramp uni “koʻp sinovlarni boshdan kechirgan ajoyib ayol” deb taʼrifladi.
“Mariya menga bajargan ishlarim uchun Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotini taqdim etdi. Bu oʻzaro hurmatning naqadar ajoyib belgisi. Rahmat, Mariya”, — deb qoʻshimcha qildi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring