Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti besh yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

20:31 16 Yanvar 2026 Dunyo
185 0

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol hibsga olishga toʻsqinlik qilish ishi boʻyicha besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.

2025-yil yanvar oyida prezident xavfsizlik xizmati Seuldagi rezidensiyasida Yun Sok Yolni huquqni muhofaza qiluvchi organlar qoʻlga olishiga imkon bermagan. U ikkinchi urinishdagina hibsga olingan.

Ushbu ish doirasida prokuratura sobiq prezident uchun 10-yillik qamoq jazosini soʻragan edi.

Ayni paytda Yun Sok Yol ayblanuvchi sifatida sakkizta sud jarayonida ishtirok etmoqda, ularning toʻrttasi harbiy holat joriy etilishi bilan bogʻliq. Bu esa birinchi instansiya sudi hukm chiqargan ilk ish hisoblanadi.

Avvalroq maxsus prokurorlar guruhi davlat tuzumiga qarshi isyon ishi boʻyicha sobiq prezidentga nisbatan oʻlim jazosini tayinlashni soʻragan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?