Ishtixon va Toyloqda 6 ming 754 dona qalbaki yorliqli alkogol mahsulotlari savdosi toʻxtatildi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon va Toyloq tumanlari boʻlimlari qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotayotgan savdo doʻkonlari fosh etildi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Ishtixon tumanining Tupori mahallasi hududidagi “J.B.” oilaviy korxonasining savdo doʻkonida umumiy bahosi 243,8 million soʻmlik 87 turdagi jami 5 ming 886 dona qalbaki aksiz markali alkogol va 43 turdagi 2 035 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida musodara qilib olingan.
Yana bir holat Departamentning Toyloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Vorsin mahallasi hududidagi “A.” MCHJga qarashli savdo doʻkonida 79 turdagi jami 868 dona qalbaki aksiz markali alkogol va 10 turdagi 150 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring