Investitsiya vositachisi faoliyati toʻxtatib turilganda, depozitar operatsiyalar boʻyicha harakatlar tartibi belgilandi
Adliya vazirligi “Investitsiya vositachisi faoliyati toʻxtatib turilgan va tugatilgan taqdirda, depozitar operatsiyalar boʻyicha harakatlar tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami 3727, 18.12.2025-y.). Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, investitsiya vositachisining litsenziyasi toʻxtatib turilganda, u depozitar operatsiyalarni toʻxtatadi hamda bu haqida 2 ish kunida OAV va fond birjasining veb-saytida eʼlon qiladi.
Investitsiya vositachisi uning litsenziyasi tugatilganda yoki bekor qilinganda, deponentlarning hisobvaraqlaridan koʻchirmalarni shakllantiradi va faoliyati tugatilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani deponentga yuboradi.
Deponent xabarnoma 1 hafta muddatda tugatilayotgan investitsiya vositachisiga oʻz qimmatli qogʻozlarini boshqa investitsiya vositachisiga oʻtkazish toʻgʻrisida topshiriq beradi.
Deponent tomonidan bunday topshiriq taqdim etilmaganda, investitsiya vositachisi qimmatli qogʻozlarni “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJga oʻtkazadi.
Shuningdek, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan qimmatli qogʻozlarni 1 kun ichida deponent tanlagan investitsiya vositachisiga oʻtkazib berish orqali deponentlarga qaytaradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring