Interpol qidiruvida boʻlgan oʻzbekistonlik Qirgʻizistonda ushlandi

18:44 02 Avgust 2024 Jamiyat
341 0

Foto: Tazabek

Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xodimlari xalqaro qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosini hibsga oldi. Bu haqda “Kaktus Media” xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 26-iyul kuni Interpol tashabbusi bilan xalqaro qidiruvda boʻlgan 1992-yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi S. I. hibsga olingan.

Interpol maʼlumotlariga koʻra, hibsga olingan shaxs oʻz sheriklari bilan birgalikda soxta bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirgan, oqibatda Oʻzbekiston davlat byudjetiga 12 mlrd soʻmdan ortiq zarar yetkazilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер