Interpol qidiruvida boʻlgan oʻzbekistonlik BAAdan ekstraditsiya qilindi

22:05 04 Fevral 2026 Jamiyat
389 0

Foto: IIV

Interpol kanallari orqali qidiruvda boʻlgan fuqaro Birlashgan Arab Amirliklaridan Oʻzbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, Interpolning Toshkent va Abu-Dabi Milliy markaziy byurolarining yaqin hamkorligi natijasida Birlashgan Arab Amirliklaridan firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbusi bilan xalqaro qidiruvda boʻlgan fuqaro Oʻzbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilingan.

Ekstraditsiya ikki davlat vakolatli organlari oʻrtasidagi muvofiqlashtirilgan faoliyat hamda Interpol kanallaridan foydalangan holdagi samarali hamkorlik tufayli amalga oshirilgan. Ushbu ish transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish va javobgarlikning muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan.

Hozirda fuqaro qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish hamda sud oldida javob berishi uchun vakolatli organlarga topshirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер