Inson miyasini oʻn yilga yoshartirishning oddiy usuli topildi
Illyustrativ foto
Smartfonda internetga kirishni ikki haftaga cheklash inson miyasini 10-yilga yoshartirishi mumkin.
“PNAS Nexus” jurnalida oʻz ilmiy ishlari natijasini eʼlon qilgan kanadalik tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishdi. Eksperimentda Kanada va AQSHdan 400 nafardan ortiq koʻngilli ishtirok etdi. Ularning elektron qurilmasiga internetga kirishni bloklaydigan maxsus ilova oʻrnatildi, shu bilan birga qoʻngʻiroq qilish va xabar yuborish imkoniyati saqlab qolindi. 14 kundan keyin sinovdan oʻtuvchilarda diqqat bir joyga jamlash sezilarli oshdi —10 yoshga yoshargan odamlarga mos darajaga toʻgʻri keldi.
Bundan tashqari, ishtirokchilardan 90 foizi psixoemotsional holati yaxshilanganini maʼlum qildi. Tadqiqotchilar bu samarani antidepressantlar taʼsiri bilan taqqoslashdi. Odamlar koʻproq sayr qilish, ochiq havoda vaqt oʻtkazish va yuzma-yuz muloqot qilishni boshladi, gadjetlar bilan oʻtkaziladigan umumiy vaqt esa ikki baravar qisqardi.
Tadqiqot mualliflarining taʼkidlashicha, hatto qisqa muddatga internetdan voz kechish ham diqqatni jamlash, kayfiyat va oʻzini umumiy his etish holatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Kelajakda tadqiqotchilar jamoasi inson miyasining turli xil raqamli faoliyat turlarini cheklashga qanday munosabatda boʻlishini baholash uchun alohida ilovalarni, masalan, ijtimoiy tarmoqlarni bloklashni sinovdan oʻtkazishni rejalashtirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring