“Inson” ijtimoiy markazlari binolari foydalanishga topshirildi

15:12 24 Oktyabr 2023 Jamiyat
102 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan aholiga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlarning yangi tizimi yoʻlga qoʻyilishi belgilangan edi.

Samarqand viloyatidan tanlangan Paxtachi tumani hamda Kattaqoʻrgʻon shahrida ushbu markazlarning binolari foydalanishga topshirildi.

Yangi va zamonaviy jihozlangan ushbu markazlarda fuqarolar hamda markaz xodimlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Endilikda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordamlarning 43 turi mahallada va 30 turi “Inson” markazlarida, jami 73 turdagi xizmatlar koʻrsatiladi. Ushbu xizmatlarning 39 turi joriy yilning 15-oktyabridan, 34 turdagisi esa 2024-yil 1-yanvardan boshlanadi.

Bunda, nogironlikni belgilash, protez-ortopediya bilan taʼminlash, sanatoriylarga yuborish, psixologik yordam va ijtimoiy nafaqa tayinlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?