“Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoniga sazovor boʻlganlar orasida chet el fuqarolari ham bor
Foto: Xalq so‘zi
Samarqand shahrida ikki kun davom etgan “Inson huquqlari sohasidagi taʼlim” global forumi doirasida “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
“Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2020-yilda taʼsis etilgan. Bundan maqsad inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida salmoqli hissa qoʻshgan fuqarolar va tashkilotlarni moddiy-maʼnaviy ragʻbatlantirish, bu borada namuna koʻrsatayotgan faollarning tajribasini ommalashtirishdan iborat.

“Inson huquqlari himoyasi uchun» koʻkrak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat olib borayotgan tashkilotlar ham taqdirlanishi mumkin.
Joriy yilda ushbu mukofotga 6 nafar hamyurtimiz, 2 nafar chet el fuqarosi va 2 nodavlat notijorat tashkiloti sazovor boʻldi.
Mukofot egalariga “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishonini Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov topshirdi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring