Bu yil har bir vazirlik va hokimlikning faoliyati mahalla bilan bogʻlanadi — Prezident
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida mavjud imkoniyatlarni ishga solish boʻyicha hokimlar va “mahalla yettiligi”ga metodik bilim va tajriba yetishmayotgani, masʼul vazirlik va idoralar esa ularga koʻmaklashmayotganini koʻrsatib oʻtildi.
Arnasoyda chorvachilik, Shoʻrchida banan yetishtirish, Quvada anorchilik, Boʻstonliqda asalarichilik boʻyicha aholi va tadbirkorlar yaratgan tajribalar shunday ixtisoslashuvga ega boshqa tumanlar uchun yaxshi namuna boʻla olishi, lekin bundan unumli foydalanilmayotgani qayd etildi.
“Bunday tajribalar hamma joyda bor. Lekin ularni oʻrgatib, qamrovini kengaytiradigan tizim yoʻq!” dedi davlatimiz rahbari.
Mutasaddilarga bir oyda ishsizlik va kambagʻallik yuqori mahallalardagi imkoniyatlarni oʻrganib, ularga eng yaxshi tajribalarni olib kirish boʻyicha “metodik qoʻllanma” qilib berish topshirildi. Hokimlar esa joylarda buning ijrosini tashkil etib, odamlarni ishli qilish, daromadini koʻpaytirish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topishga masʼul va javobgar boʻladi.
“Umuman, bu yil har bir vazirlik va hokimlikning faoliyati mahalla bilan bogʻlanadi, qabul qilinadigan qarorlarda ham mahallada nima oʻzgarishi nazarda tutiladi”, dedi Prezidentimiz.
1 million aholini doimiy ish bilan taʼminlash, 181 ming oilani kambagʻallikdan chiqarish, kambagʻallikdan xoli mahallalar sonini 2,5 barobar oshirib, 3,5 mingga yetkazish, ishsizlik va kambagʻallikni 4,5 foizga tushirish joriy yil uchun vazifa etib belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring