“IndiGo Airlines” Dehlidan Toshkentga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻydi

11:13 23 Sentyabr 2023 Jamiyat
332 0

22-sentyabr kuni Hindistonning “IndiGo” aviakompaniyasi Dehli – Toshkent – Dehli yoʻnalishi boʻyicha ilk parvozini amalga oshirdi.

Toshkent vaqti bilan soat 23:09 da bortida 167 yoʻlovchisi bilan samolyot poytaxt aeroportiga kelib qoʻndi. Anʼanaga koʻra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi. Dehliga uchayotgan yoʻlovchilar uchun tantanali roʻyxatdan oʻtkazish marosimi boʻlib oʻtdi.

Hindiston aviakompaniyasining muntazam parvozlari qulay A-320 samolyotlarida haftasiga toʻrt marta - dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

IndiGo — bosh qarorgohi Hindistonning Gurgaon shahrida joylashgan hind xususiy loukoster aviakompaniyasi. Kompaniya muntazam qatnovlar va samolyotlar soni boʻyicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?