Ilon Mask AQSH hukumatini tark etishi maʼlum qilindi
Foto: Reuters
Amerikalik milliarder Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik vakolat muddati tugagach, AQSH hukumatidagi lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda “Bloomberg” agentligi oʻz manbalarga tayanib yozmoqda.
“Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik muddati tugaganidan soʻng Hukumat samaradorligi boshqarmasi rahbari lavozimini tark etishi kutilmoqda... Agar bu kunlar Tramp inauguratsiyasidan boshlab ketma-ket hisoblansa, uning vakolati 30-mayda tugaydi”, — deyiladi nashrda.
Aniqlik kiritilishicha, hozircha rasmiy sana belgilanmagan va Oq uy Maskning 130 kuni qachon yakunlanishini aniqlashi kerak.
Nashr, shuningdek, tadbirkor AQSH byudjeti xarajatlarini qisqartirishga hali ham jiddiy taʼsir koʻrsatishi va rasmiy ketganidan keyin ham “Trampning ishonchli vakili” boʻlib qolishi haqida yozmoqda.
Bungacha AQSHning vitse-prezidenti Jey Di Vens Mask AQSH hukumatidagi lavozimini saqlab qolishini aytgandi. Uning taʼkidlashicha, nazoratsiz AQSH byurokratiyasiga qarshi kurashda tadbirkorning roli hali tugamagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring