Ixtirochi-talabalar sinovdan muvaffaqiyatli oʻtishdi

17:21 11 Yanvar 2024 Jamiyat
298 0

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida ixtirochi yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida “TECHNOWAYS” texnologik rivojlanish marafoni oʻtkazildi va bu ular uchun sinov maydoni boʻldi, desak mubolagʻa emas.

— Marafon doirasida dastlab, iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi tomonidan 40 ta loyiha roʻyxatga olindi, — deydi universitet matbuot xizmati rahbari Ozodbek Mustafoyev. — Ularning har biri boʻyicha taqdimotlar oʻtkazilib, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati bayon etildi.

Marafon natijalarga koʻra, hakamlar hayʼati tomonidan 1-oʻrinni “Devorga rasm chizuvchi innovatsion qurilma” yaratgan Asilbek Ravshanov, 2-oʻrinni esa “Muhandislik inshootlari uchun generator majmualarini ishlab chiqish” loyihasi muallifi, magistr Maqsud Dilmonov qoʻlga kiritgan boʻlsa, 3-oʻrin “Oʻsimlik biomassasidan biologik faol moddalar ajratib olish texnologiyasi”ni yaratgan Mirvohid Hamroqulov nasib etdi.

Taklif etilgan gʻoyalarni tijoratlashtirish maqsadida ixtirochi-talabalar “Yoshlar akademiyasi” aʼzoligiga tavsiya etiladi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?