IIO xodimlarining xizmat muddati uzaytirilgani haqidagi xabar rad etildi

13:34 22 Avgust 2024 Jamiyat
69 0

Foto: IIV

Ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar organlarida pensiyaga chiqish uchun xizmat muddati 25-yilgacha uzaytirilishi mumkinligi haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi. raddiya berdi Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi.

Qayd etilishicha, amaldagi “Harbiy xizmatchilarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonun hamda prezidentning 3413-sonli qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimning xizmat muddati kalendar hisobda 20-yilga yetganidan soʻng oʻtagan xizmat muddati uchun pensiya olish huquqiga ega boʻlishi koʻrsatib oʻtilgan.

“Hozirgi kunda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan normativ huquqiy hujjatlarga pensiya olish uchun xizmat muddatini 25-yilga uzaytirish boʻyicha taklif yoki qoʻshimchalar kiritish koʻzda tutilmagan”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер