IBA rahbari vaʼdasining ustidan chiqdimi? Umar Kremlyov Olimpiada chempionlariga 100 ming AQSH dollaridan mukofot bermoqchi edi
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) rahbari Umar Kremlyov Dubay shahrida boʻlib oʻtayotgan tashkilot tadbirlari doirasida oʻzbekistonlik Olimpiada chempioni boʻlgan bokschilarni mukofotlash marosimini oʻtkazdi.
Tadbirda oʻzbekistonlik bokschilar Hasanboy Doʻstmatov, Bahodir Jalolov, Lazizbek Mullojonov, Abdumalik Halokov va Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayevlarga 100 ming AQSH dollaridan pul mukofoti topshirildi. Ushbu mablagʻning bir qismi sportchining oʻziga, qolgan qismi murabbiy va mamlakat boks federatsiyasiga taqdim etiladi.
Mukofot puli boʻlinishi haqida Kremlyov avvalroq quyidagilarni bildirgandi: 100 ming AQSH dollari gʻolibning oʻziga 50 ming, murabbiyiga 25 ming va mamlakat boks federatsiyasiga 25 ming miqdorda taqdim etiladi.
Shuningdek, Olimpiada kumush medal egalari uchun 50 ming AQSH dollari, bronza medal egalari uchun esa 25 ming AQSH dollari miqdorida mukofot ajratiladi. Bunday mukofotlar bokschilarning saʼy-harakatlarini eʼtirof etish va ularni ragʻbatlantirish uchun joriy qilingan.
Ushbu marosim davomida IBA rahbari oʻzbek bokschilarining xalqaro arenadagi yutuqlarini eʼtirof etdi. Xususan, Hasanboy Doʻstmatov va Bahodir Jalolov kabi chempionlarning muvaffaqiyatlari jahon boksida yuksak eʼtirofga sazovor boʻlgan. Bunday mukofotlar yosh bokschilarning ragʻbatini oshirish va ularni yangi marralarni zabt etishga undashga qaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring