Hujjatli filmlarning namoyishlari boshlandi
Bugun Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Milliy kinematografiya — Yangi Oʻzbekiston timsoli” nomi ostidagi milliy kino oyligi dasturida Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “Gʻurbatda Furqat bor ekan taqdirda” hujjatli filmi namoyish qilindi.
Mazkur kinokartina “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda Toshkent arxitektura qurilish instituti bilan hamkorlikda suratga olingan.
Tadbirni institut prorektori Zafar Abduvaliyev ochib berdi va kinoijodkorlarni sahnaga taklif etdi. Ular filmni suratga olish jarayonlari haqida soʻzlashdi.
Soʻng, “Gʻurbatda Furqat bor ekan taqdirda” hujjatli filmi premyera qilindi. Ssenariy muallifi Baxtiyor Yoqubov, rejissyor Muzaffar Qoraboyev, operator Ravshan Musayev, rassom Sanjar Aminov.
Oldinda Alisher Navoiy, Bobur, Choʻlpon, Abdulla Avloniy, Zulfiya, Said Ahmad, Muhammad Yusuf, Oybek va boshqa adiblar haqidagi filmlar premyera qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring