Hududlarning iqtisodiy oʻsish nuqtalari boʻlgan sohalarni qoʻllab-quvvatlashni moliyalashtirishni toʻliq va muddatli amalga oshirish lozim — Aktam Hayitov

13:39 08 Noyabr 2023 Siyosat
119 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida fraksiyalar rahbarlari ham qonun loyihasi boʻyicha fikr-mulohazalarini bildirdi.

Aktam Hayitov, OʻzLiDeP fraksiyasi rahbari:

— OʻzLiDeP fraksiyasi “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini konseptual jihatdan qoʻllab-quvvatlagan holda, Hukumat eʼtiborini quyidagi asosiy masalalarga qaratishni lozim, deb hisoblaydi.

Birinchidan, davlat rahbarining hududlarga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini, hududlarning iqtisodiy oʻsish nuqtalari boʻlgan sohalarni qoʻllab-quvvatlashni moliyalashtirishni toʻliq va muddatli amalga oshirish lozim.

Ikkinchidan, byudjetdan ajratilayotgan mablagʻlarning samarali hamda maqsadli sarflanishini taʼminlashda mutasaddi vazirlik va idoralar, hokimliklar masʼuliyatini yanada oshirish yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish zarur.

Uchinchidan, partiya elektorati boʻlgan tadbirkor va ishbilarmonlar, fermerlar, klasterlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash har qachongidan ham muhim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер