“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Fitch Ratings” agentligining xalqaro kredit reytingini barqaror saqlab kelmoqda
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligining joriy yil 18-sentyabrdagi hisobotida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning xalqaro indikativ reytingini “BB-” “Barqaror” darajada qayta tasdiqladi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, Xalqaro reyting agentligi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning nafaqat moliyaviy-iqtisodiy va biznes strategiyasi holati, balki moliyaviy modeli barqarorligi hamda korporativ boshqaruv tizimi va boshqa yoʻnalishlari ham chuqur oʻrganildi va tahlil qilindi.
Ahamiyatlisi, mazkur reyting jahonning investitsiya bozorlarida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJni aniq va ravshan biznes strategiyasi, shaffof moliyaviy holati va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega korxona sifatida tanitadi.
Oʻz navbatida, qoʻlga kiritilgan mazkur yutuq kelgusida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning iqtisodiy barqarorligini yanada oshirishga xizmat qilish bilan birga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xorijiy kreditlarni davlat kafolatisiz toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qilish imkoniyatini beradi.
Jamiyat ushbu erishilgan yutuq bilan chegaralanib qolmaydi. Kelgusi yillarda reyting darajasini yanada oshirish hamda uni barqaror saqlab qolish yoʻlida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda mamlakatimiz elektr energetikasi tizimini izchil rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini samarali davom ettirishga intiladi.
Maʼlumot uchun: “Fitch Ratings” – xalqaro reyting agentliklarining “Katta toʻrtlik” deb atalmish birligidan oʻrin olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring